Jamiyat tarixi

2020-yil sentabrida «IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti» MChJ kengash qaroriga ko'ra aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Tarix

Tashkilot dastlab mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida 2011-yil 9-sentabrda yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatiga olingan.

Ta'sischilar qaroriga muvofiq jamiyat aksiyadorlik jamiyati maqomiga o'tkazildi va Andijon shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan 2020-yil 17-sentabrda 16255-son reestr raqami bilan qayta ro'yxatdan o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022-yil 1-avgustdagi 27-13/658-son ruxsatnomasi asosida jamiyat mikromoliya tashkilotlari reestriga kiritilgan.

Jamiyat mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka va ustav fondiga ega bo'lib, o'z nomidan huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi hamda sudda da'vogar va javobgar sifatida qatnasha oladi.

Bizga ishonch bildirgan hamkorlar!

Ko'p so'raladigan savollar

Minimal talablarga javob berishingizga ishonch hosil qilganingizdan so'ng, 30 kundan keyin qayta ariza topshirishingiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lish, 18 yoshdan oshgan bo'lish va doimiy daromad manbasini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish talab qilinadi.

Kredit tarixingizni Kredit axborotlari milliy instituti orqali yoki istalgan filialimizga murojaat qilib olishingiz mumkin.

Arizada rasmiy hujjat bilan tasdiqlay oladigan o'rtacha oylik daromadingizni ko'rsating — bu ariza ko'rib chiqilishini tezlashtiradi.
Markaziy bank kurslari

Valyuta kurslari

1 USD = 11 825,40 Kurs tushdi
1 EUR = 13 483,32 Kurs oshdi
1 RUB = 140,34 Kurs oshdi

Manba: O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Yangilangan sana: 26.09.2026